eSIM · 100+ davlat

Chet elda ham internet doim yoningizdaQayerga sayohat qilyapsiz? ✈️

Sayohat uchun eSIM internet paketlari. Plastik SIM kerak emas: paket QR kod orqali telefonga bir necha daqiqada oʻrnatiladi.eSIM internet 100+ davlatda · plastik SIM kerak emas

Bizning kurs
USD65,5112 076 soʻm
EUR81,8113 514 soʻm
RUB0,31149,99 soʻm

Soʻmdagi barcha narxlar shu kurs boʻyicha hisoblanadi · 24.10.2026 holatiga

Bizning kursUSD 12 076EUR 13 514soʻm · 24.10.2026 holatiga

  • Oʻzbek raqamingiz telefonda qoladi
  • Narx oldindan aniq — toʻlovgacha oʻzgarmaydi
  • QR kod saytda va emailingizda

Qanday ishlaydi

eSIM — telefon ichidagi SIM karta. Uni shu saytdan sotib olib, bir necha daqiqada oʻrnatasiz.

  1. Telefonni tekshiring

    Telefonda *#06# ni tering — «EID» qatori chiqsa, eSIM bor.

  2. Paketni tanlang

    Davlat, internet hajmi va kunlar sonini tanlab, kartadan toʻlaysiz.

  3. eSIM ni oʻrnating

    Toʻlovdan soʻng QR kod chiqadi va emailingizga keladi. Internet bor joyda 2–3 daqiqa.

  4. Chet elda yoqing

    Mobil internet uchun shu eSIM ni tanlab, «Rouming»ni yoqasiz.

Toʻlov

Toʻlov bank kartasi bilan qabul qilinadi. Summa paketni tanlaganingizda koʻrsatiladi va toʻlovda aynan shu yechiladi.

UZCARDHUMO

Oʻzbekiston banklarining Uzcard va Humo kartalari qabul qilinadi.

Pulni qaytarish

  • eSIM berib boʻlinmasa — pul toʻliq qaytariladi.
  • eSIM berilgandan keyin voz kechsangiz — eSIM uchun provayderga toʻlangan summa ushlab qolinadi, qolgani qaytariladi.
  • Toʻgʻri oʻrnatilgan eSIM bizning yoki operator aybi bilan ishlamasa — pul toʻliq qaytariladi yoki paket almashtiriladi.
Toʻliq shartlar — ommaviy oferta →

Savol-javoblar

eSIM nima?

eSIM — telefon ichiga oʻrnatilgan SIM karta. Plastik karta kerak emas: internet paketi QR kod orqali telefonga yuklanadi. Oʻzbek SIM kartangiz ham telefonda qoladi.

Telefonim eSIM ni qoʻllab-quvvatlaydimi?

Telefonda *#06# ni tering — «EID» qatori chiqsa, eSIM bor. Telefon operatorga bogʻlangan boʻlsa yoki iPhone Xitoy uchun chiqarilgan boʻlsa, eSIM ishlamasligi mumkin.

Oʻzbek raqamim oʻchib qoladimi?

Yoʻq. Oʻzbek SIM kartangiz ishlayveradi — qoʻngʻiroq va SMS unga kelaveradi. Chet elda ular uchun narxni oʻz operatoringiz belgilaydi.

Paketda qoʻngʻiroq va SMS bormi?

Koʻp paketlar faqat internet uchun. Qoʻngʻiroq yoki SMS bor paketlarda bu paket sahifasida alohida yozilgan.

Qanday sotib olaman?

Davlat yoki mintaqani tanlang → paketni tanlang → «Buyurtma berish» → emailingiz bilan kiring → kartadan toʻlang.

Toʻlovdan keyin eSIM qachon keladi?

Odatda 1–2 daqiqada. eSIM tayyor boʻlgach, buyurtma sahifasida QR kod chiqadi va emailingizga ham yuboriladi.

Savol-javoblar →