Savol-javoblar
eSIM nima?
eSIM — telefon ichiga oʻrnatilgan SIM karta. Plastik karta kerak emas: internet paketi QR kod orqali telefonga yuklanadi. Oʻzbek SIM kartangiz ham telefonda qoladi.
Telefonim eSIM ni qoʻllab-quvvatlaydimi?
Telefonda *#06# ni tering — «EID» qatori chiqsa, eSIM bor. Telefon operatorga bogʻlangan boʻlsa yoki iPhone Xitoy uchun chiqarilgan boʻlsa, eSIM ishlamasligi mumkin.
Oʻzbek raqamim oʻchib qoladimi?
Yoʻq. Oʻzbek SIM kartangiz ishlayveradi — qoʻngʻiroq va SMS unga kelaveradi. Chet elda ular uchun narxni oʻz operatoringiz belgilaydi.
Paketda qoʻngʻiroq va SMS bormi?
Koʻp paketlar faqat internet uchun. Qoʻngʻiroq yoki SMS bor paketlarda bu paket sahifasida alohida yozilgan.
Qanday sotib olaman?
Davlat yoki mintaqani tanlang → paketni tanlang → «Buyurtma berish» → emailingiz bilan kiring → kartadan toʻlang.
Toʻlovdan keyin eSIM qachon keladi?
Odatda 1–2 daqiqada. eSIM tayyor boʻlgach, buyurtma sahifasida QR kod chiqadi va emailingizga ham yuboriladi.
Toʻlamagan buyurtmam nima boʻladi?
Toʻlanmagan buyurtma 24 soatdan keyin oʻzi bekor qilinadi. Uni «Buyurtmalar» boʻlimida oʻzingiz ham bekor qilishingiz mumkin.
Pul qaytariladimi?
eSIM berib boʻlinmasa — pul toʻliq qaytariladi. eSIM berilgandan keyin voz kechsangiz — eSIM uchun provayderga toʻlangan summa ushlab qolinadi, qolgani (agar boʻlsa) qaytariladi. eSIM toʻgʻri oʻrnatilgan, lekin bizning yoki operator aybi bilan ishlamasa — buyurtma raqami bilan bizga yozing: pul toʻliq qaytariladi yoki paket almashtiriladi.
eSIM ni qachon oʻrnatgan maʼqul?
Internet bor joyda istalgan paytda. Safardan oldin uyda oʻrnatish eng qulayi, lekin safarda ham boʻladi. Koʻp paketlarda muddat chet elda birinchi ulanganda boshlanadi.
QR kodni qanday skanerlayman?
Buyurtma sahifasini kompyuterda yoki boshqa telefonda oching va QR kodni eSIM oʻrnatiladigan telefon bilan skanerlang. QR kod emailingizda ham bor. Yoki kodlarni «Nusxa» tugmasi bilan olib, telefonda qoʻlda kiriting.
eSIM ni telefondan oʻchirib yuborsam nima boʻladi?
Oʻchirilgan eSIM ni qayta oʻrnatib boʻlmaydi — yangi paket olish kerak boʻladi. Shuning uchun eSIM ni safar tugaguncha oʻchirmang.
Chet elda internet ishlamayapti
Tartib bilan tekshiring: 1. Mobil internet uchun shu eSIM tanlanganmi. 2. Shu eSIM da «Rouming» (Роуминг данных / Data Roaming) yoqilganmi. 3. «Samolyot rejimi»ni yoqib, 10 soniyadan keyin oʻchiring yoki telefonni qayta ishga tushiring. 4. Buyurtma sahifasida APN koʻrsatilgan boʻlsa, uni eSIM sozlamalariga kiriting. Baribir ishlamasa, buyurtma raqami bilan bizga yozing.
Internet yoki muddat tugadi
Saytdan yangi paket oling — u ham xuddi shunday oʻrnatiladi.
Ortiqcha pul yechilmasligi uchun nima qilay?
Chet elda oʻzbek SIM kartangizda mobil internet va roumingni oʻchirib qoʻying. Internet faqat eSIM orqali ishlasin.